OPT-014 · Kvant optikasi Namunaviy material

Kompton va Doppler effektlari. Lazerlar

Yorug‘lik chastotasining siljishi: Mandelshtam–Brillyuen, Kompton va optik Doppler effektlari; spontan va majburiy nurlanish, sathlar inversiyasi, lazerlarning tuzilishi va turlari, golografiya va uning qo‘llanilishi.

Taxminiy vaqt: 2 soat 10 daqiqa 4 ta faoliyat

O‘quv maqsadi

Mandelshtam–Brillyuen va Kompton effektlarining fizik mohiyatini o‘rganish.
Yorug‘lik uchun relyativistik Doppler effektini (bo‘ylama va ko‘ndalang) tushunish.
Spontan va majburiy nurlanish, Eynshteyn koeffitsiyentlari va inversiya tushunchalarini o‘zlashtirish.
Lazerning ishlash prinsipi, turlari va golografiya asoslarini o‘rganish.

Kutiladigan natijalar

Kompton siljishi va tepki elektron energiyasini hisoblay oladi.
Spektral chiziqlar siljishidan manba tezligini topa oladi, Doppler kengayishini baholaydi.
Lazer rezonatori modalari orasidagi chastota farqini va lazer nurlanishi parametrlarini hisoblay oladi.
Gologramma yozish va tiklash sxemasini tushuntiradi.

Interaktiv modelDoppler effekti
Interaktiv modelLazer: majburiy nurlanish va inversiya

Faoliyatlar

Ma’ruza
Ma’ruza · 55 daqiqa · majburiy
«Kompton va Doppler effektlari. Lazerlar» mavzusiga doir masalalar yechish
Amaliy mashg‘ulot · 55 daqiqa · majburiy
Optikada Dopler effekti va uning qo‘llanishi
Mustaqil ta’lim · 4 soat 25 daqiqa · ixtiyoriy
Yakuniy test
Test · 20 daqiqa · majburiy · o‘tish ≥ 70%

Yakunlash shartlari

  • Ma’ruza
  • «Kompton va Doppler effektlari. Lazerlar» mavzusiga doir masalalar yechish
  • Yakuniy test — kamida 70%