ATM-013 · Atomlar va molekulalar Namunaviy material

Mendeleyev davriy sistemasi. Xarakteristik rentgen nurlanishi

Atom elektron qobiqlarining elektronlar bilan to‘lishi va Mendeleyev davriy sistemasining kvant asoslari; xarakteristik rentgen nurlanishi, Mozli qonuni va Oje effekti.

Taxminiy vaqt: 3 soat 4 ta faoliyat

O‘quv maqsadi

Davriy sistemaning tuzilishini Pauli prinsipi va energiya minimumi asosida tushuntirish.
Klechkovskiy qoidasi bo‘yicha elektron konfiguratsiyalarni yozishni o‘rganish.
Xarakteristik rentgen spektrining hosil bo‘lish mexanizmini va Mozli qonunini o‘zlashtirish.
Oje effektining mohiyatini va uning rentgen nurlanishi bilan raqobatini tushunish.

Kutiladigan natijalar

Davrlardagi elementlar soni (2, 8, 8, 18, 18, 32, 32) qayerdan kelib chiqishini tushuntira oladi.
Istalgan yengil yoki o‘rta element uchun elektron konfiguratsiyani yoza oladi.
Mozli qonuni bo‘yicha Kα chiziq energiyasi va to‘lqin uzunligini hisoblaydi, to‘lqin uzunligi bo‘yicha elementni aniqlaydi.
Oje elektron energiyasini baholay oladi va Oje spektroskopiyasining qo‘llanishini biladi.

Interaktiv modelRentgen spektri: tormozlanish va xarakteristik nurlanish

Faoliyatlar

Ma’ruza
Ma’ruza · 1 soat 20 daqiqa · majburiy
Ko‘p elektronli atomlar. Xarakteristik rentgen nurlanish. Mozli qonuni.
Amaliy mashg‘ulot · 1 soat 20 daqiqa · majburiy
Mozli qonuni. Oje effekti
Mustaqil ta’lim · 6 soat 10 daqiqa · ixtiyoriy
Yakuniy test
Test · 20 daqiqa · majburiy · o‘tish ≥ 70%

Yakunlash shartlari

  • Ma’ruza
  • Ko‘p elektronli atomlar. Xarakteristik rentgen nurlanish. Mozli qonuni.
  • Yakuniy test — kamida 70%