O‘quv maqsadi
Entropiyaning statistik ta’rifini ($S = k\ln W$) va uning tartibsizlik bilan bog‘liqligini tushunish.
Termodinamikaning uchinchi qonuni va uning natijalarini bilish; manfiy temperatura tushunchasi bilan tanishish.
Molekulalarning o‘rtacha erkin yugurish yo‘lini hisoblashni o‘rganish.
Diffuziya, qovushoqlik va issiqlik o‘tkazuvchanlik qonunlarini va ko‘chish koeffitsiyentlarining molekulyar-kinetik ifodalarini o‘rganish.
Kutiladigan natijalar
Ideal gaz jarayonlarida va issiqlik almashinuvida entropiya o‘zgarishini hisoblaydi.
Uchinchi qonun absolyut nolga erishib bo‘lmasligini bildirishini tushuntiradi.
Normal sharoitda va past bosimda erkin yugurish yo‘lini baholaydi.
Fik, Nyuton va Furye qonunlari bo‘yicha massa, impuls va issiqlik oqimlarini hisoblaydi; ko‘chish koeffitsiyentlarining bosim va temperaturaga bog‘liqligini izohlaydi.
Bu mavzuni o‘rganish uchun ro‘yxatdan o‘ting
Ma’ruzalar, testlar va topshiriqlar ro‘yxatdan o‘tib, kursga yozilgandan keyin ochiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish KirishFaoliyatlar
Yakunlash shartlari
- Ma’ruza
- Termodinamikaning 2-qonuni va gazlarda issiqlik o‘tkazuvchanlik mavzusiga doir masalalar yechish
- Yakuniy test — kamida 70%